O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Huquqni muhofaza qiluvchi organlar akademiyasi Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti direktori Rustem Nugmanov hamda Qozog‘iston Respublikasi Moliyaviy monitoring agentligi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda akademik mobillikni kengaytirish, kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida tajriba almashish, qo‘shma ta’lim va ikki diplomli dasturlarni amalga oshirish imkoniyatlari, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadbirlarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib oldilar.
Uchrashuv Akademiyada BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan mintaqaviy trening doirasida bo‘lib o‘tdi.