Akademiyada o‘zbek tilining tarixiy merosi va huquq sohasidagi o‘rni muhokama qilindi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada o‘zbek tilining tarixiy merosi va huquq sohasidagi o‘rni muhokama qilindi

O‘zbek tili bayrami va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «O‘zbek tili – millat g‘ururi va ma’naviyat ko‘zgusi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tilshunos olimlar, talabalar va taklif etilgan soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mutaxassislar o‘zbek tilining asrlar davomida shakllanishi, Alisher Navoiy va boshqa mutafakkirlarning tilimiz boyligi va jozibasini namoyon etishdagi o‘rni, shuningdek, uning tarixiy rivojlanish bosqichlari haqida so‘z yuritdi. Davlat tilining mustaqillik yillaridagi huquqiy kafolatlari, huquqni muhofaza qilish va sud-huquq tizimida o‘zbek tilini to‘g‘ri qo‘llash, ijro hujjatlari va ish yuritishda til qoidalariga rioya etish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqotda ona tilining milliy o‘zlikni anglash, ajdodlar merosi va ma’naviy qadriyatlarni avlodlarga yetkazishdagi ahamiyati alohida ta’kidlandi. Tadbir yakunida talabalar ona tilini madh etuvchi she’rlarni ijro etdi.

Telegram Facebook