Akademiya vakillari LILERS xalqaro simpoziumida ishtirok etdi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiya vakillari LILERS xalqaro simpoziumida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari Budapeshtda bo‘lib o‘tgan V Ludovika International Law Enforcement Research Symposium (LILERS) xalqaro simpoziumida ishtirok etib, huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash bo‘yicha ma’ruzalar qildi.

Ma’ruzalarda klinik ta’limning nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish hamda ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishdagi o‘rni, shuningdek, kadrlar tayyorlashda inson huquqlariga asoslangan yondashuvlar ko‘rib chiqildi. Klinik ta’limga oid ma’ruzada Akademiyaning bu yo‘nalishdagi tajribasi yoritildi.

Simpozium Vengriya Davlat xizmati universiteti (Ludovika University of Public Service) Huquqni muhofaza qilish fakulteti tomonidan Vengriya Ichki ishlar vazirligi ko‘magida tashkil etildi. Unda turli mamlakatlardan huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, olimlar va amaliyotchilar qatnashdi.

Beshta sho‘ba yig‘ilishida innovatsion ta’lim yondashuvlari, sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga joriy etish, tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq qilish va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Simpoziumda ishtirok Akademiyaning Yevropa ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalarini kengaytirish, ilg‘or tajribani o‘quv jarayoniga joriy etish va professor-o‘qituvchilar almashinuvini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook