Jinoyatlarni tergov qilish va kvalifikatsiyalash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Jinoyatlarni tergov qilish va kvalifikatsiyalash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida viloyat va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar xodimlari, shuningdek, tuman (shahar) prokuraturalari tergovchilari uchun aralash shaklda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi.

Kurs dasturi jinoyatlarni tergov qilish va to‘g‘ri kvalifikatsiyalash bo‘yicha kasbiy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishga qaratildi. Mashg‘ulotlarda tergovning zamonaviy usullari, jinoyat tarkibining zaruriy belgilari, dalillarni to‘plash va baholash, protsessual qarorlarni qonuniy va asoslantirilgan holda qabul qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Nazariy mavzular amaliy vaziyatlar, keyslar va tergov amaliyotidan olingan misollar asosida muhokama qilindi. Tinglovchilar jinoyatlarni tergov qilish va kvalifikatsiyalashda uchraydigan muammoli masalalarni tahlil qilib, ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Mashg‘ulotlarga Akademiya professor-o‘qituvchilari va tegishli sohalarda amaliy tajribaga ega mutaxassislar jalb etildi.

Aralash shakldagi ta’lim tinglovchilarga ishdan ajralmagan holda o‘qish va Akademiyadagi amaliy mashg‘ulotlarda kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash imkonini berdi. Kurs yakunida tinglovchilarning o‘zlashtirgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalari baholanib, dasturni muvaffaqiyatli o‘zlashtirganliklarini tasdiqlovchi hujjatlar belgilangan tartibda rasmiylashtirildi.

Telegram Facebook