Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha sayyor trening o'tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha sayyor trening o'tkazildi

Davlat organlari, ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlar xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi malakasini oshirish Bosh prokuratura Akademiyasining asosiy faoliyat yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, joriy yilning 14-16 oktyabr kunlari Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi xodimlari tomonidan G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filialidagi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi a'zolari uchun «Kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya etish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish» mavzusida trening tashkil etildi. 

Trening jarayonida ishtirokchilar korrupsiyani oldini olish bo'yicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni tashkil etish borasida asosiy yondashuvlar, qayd etilgan sohadagi milliy qonunchilik va xalqaro standartlar talablari, korrupsiya xavf-xatarlarini tahlil qilish metodlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish bilan tanishtirildi.

Shuningdek, tadbir davomida universitet talablari bilan uchrashuv tashkil etilib, unda talabalar jamoasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi o'rni va ishtiroki kabi masalalar muhokama qilindi.

Trening yakunlari bo'yicha ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etildi.