«Tezkor-qidiruv faoliyati» darsligi chop etildi

«Tezkor-qidiruv faoliyati» darsligi chop etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun mutaxassislarni tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining ilmiy-ta'lim salohiyatini oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan jinoyatchilikka qarshi kurashishning turli jihatlari bo'yicha ixtisoslashgan adabiyotlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar doirasida Akademiya tomonidan «Tezkor-qidiruv faoliyati» darsligi tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'quv-uslubiy muvofiqlashtiruvchi Kengashining 14.08.2020 yildagi 418-237-sonli buyrug'i bilan darslik nashrga tavsiya etildi.

Darslikda tezkor-qidiruv faoliyatining fan va o'quv predmeti sifatidagi bazaviy qoidalari, tezkor-qidiruv faoliyati nazariyasining umumiy va alohida muhim jihatlari ochib berilgan, mazkur faoliyatning, yuridik amaliyotning turlaridan biri sifatidagi ijtimoiy ahamiyati va qonunga muvofiqligi ta'kidlangan.

Darslikning asosini O'zbekiston Respublikasining «Tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risida»gi Qonuni, normativ-huquqiy hujjatlar, milliy va xorij olimlarining ilmiy ishlari va mazkur sohaga oid boshqa manbalar tashkil etadi.  

Nashr ma'lumotlari: Karimov V. Tezkor-qidiruv faoliyati // Darslik. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi. – Toshkent.: Lesson press, 2020. – 472 b.