Jinoyatçilikni kriminologik prognozlaşni takomillaştiriş çoralari taklif etildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Jinoyatçilikni kriminologik prognozlaşni takomillaştiriş çoralari taklif etildi

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi huzuridagi DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 raqamli Ilmiy kengaş majlisida Xolmirzayev Muhsin Şavqiddin öğlining «Jinoyatçilikni kriminologik prognozlaş sohasini takomillaştiriş masalalari» mavzusidagi dissertatsiya işi himoyasi bölib ötdi. Iş 12.00.15 – «Kriminologiya» ixtisosligi böyiça yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun taqdim etildi.

Tadqiqotning maqsadi jinoyatçilikni kriminologik prognozlaşni kompleks ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan örganiş, Özbekiston Respublikasining qonunçiligi va huquqni qöllaş amaliyotini takomillaştirişga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar işlab çiqişdan iborat.

Tadqiqotda mahallalarda kriminogen vaziyatga ta’sir etuvçi omillar bilan işlaş böyiça har çoraklik manzilli çora-tadbirlarni belgilaş, ularning ijrosi uçun mahalla, tuman va viloyat darajasida mas’ul rahbarlarni biriktiriş zarurati asoslantirilgan. Şuningdek, «Ijtimoiy profilaktika haftaligi»ni oyda bir marta ötkaziş, tergovçi va suriştiruvçilar tomonidan jinoyat omillarini aniqlab, ularni bartaraf etiş çoralarini köriş yuzasidan profilaktika organlariga taqdimnomalar kiritiş taklif etilgan.

Ilmiy yangiliklardan yana biri – «E-jamoat xavfsizligi» yagona avtomatlaştirilgan axborot tizimida «E-kriminologiya» modulini yaratiş va takomillaştiriş zarurati asoslanganidir. Modul Özbekiston Respublikasi Kriminologiya tadqiqot instituti faoliyatini raqamlaştiriş va elektron iş yuritişni nazarda tutadi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati «kriminologik prognoz qiliş» va «kriminologik prognoz» tuşunçalariga mualliflik ta’riflari, prognozlaş bosqiçlari va metodologiyasiga doir talablar, şuningdek prognozlaş va başorat qilişni farqlaş mezonlari işlab çiqilganida namoyon böladi. Muallif tomonidan «Prokuratura töğrisida»gi va «Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida»gi qonunlarga özgartiriş kiritiş böyiça takliflar, maxsus dasturiy ta’minot konsepsiyasi, hududlarda jinoyatçilikni prognoz qiliş metodologiyasi hamda kriminologik xaritalarni işlab çiqiş mexanizmi tayyorlangan.

Himoya natijalariga köra, Xolmirzayev Muhsin Şavqiddin öğlining dissertatsiya işi Ilmiy kengaş tomonidan yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berişga tavsiya etildi.

Telegram Facebook