Raqamli kriminalistika: kadrlar tayyorlaş, ekspertiza va tergovlarga kömak
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Raqamli kriminalistika: kadrlar tayyorlaş, ekspertiza va tergovlarga kömak

Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati bilan tanişdi. Institutda mutaxassislar tayyorlaş raqamli dalillarni ilmiy tadqiq etiş, sud ekspertizalarini ötkaziş va tergovlarga kömaklaşiş bilan uzviy bog‘langan.

Institutning ta’lim, öquv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va sud-ekspertlik yönalişlaridagi faoliyati kiberjinoyatlarni tergov qiliş, raqamli dalillarni aniql aş, qayd etiş va tadqiq qiliş böyiça mutaxassislarda maxsus bilim va amaliy könikmalarni şakllantirişni qamrab oladi. Raqamli kriminalistikaning zamonaviy usullari ta’lim jarayonida ham, ekspertlik amaliyotida ham qöllanadi.

Institut kompyuter-texnik ekspertizalar ötkazadi, mobil qurilmalar va elektron ma’lumotlarni tadqiq qiladi. Şuningdek, raqamli tergovlar olib boriş va kiberjinoyatçilikka qarşi kuraşişda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga amaliy yordam körsatadi.

Amaliy tayyorgarlikning alohida yönalişi – Dark Web öquv laboratoriyasi. Unda tinglovchilar yaşirin internet tarmoqlarida raqamli dalillarni izlaş va qayd etişni örganadi. Kiberlaboratoriya bazasida kriptovalyutalar va Darknet tarmog‘idan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş böyiça kurslar va tadqiqotlar ötkaziladi. Şu tariqa, Institutda kadrlar tayyorlaş raqamli dalillar bilan işlaş va tergovlarga amaliy kömak körsatish bilan bevosita bog‘langan.

Tashrif davomida Qirg‘iz Respublikasi delegatsiyasi Akademiyaning kadrlar tayyorlaş, ilmiy tadqiqotlar, sud-ekspertlik faoliyati va raqamli tergovlarni amaliy qöllab-quvvatlaşni birlaştirgan raqamli kriminalistikaga kompleks yondaşuvi bilan tanişdi.

Telegram Facebook