Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça sud himoyasi kafolatlari: Konstitutsiyaviy sud majlisida iştirok etildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Ma’muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça sud himoyasi kafolatlari: Konstitutsiyaviy sud majlisida iştirok etildi

Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi rahbariyati Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining 2026-yil 12-noyabr kuni bölib ötgan oçiq majlisida iştirok etdi.

Majlisda Özbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksi 324-39-moddasi oltinçi qismining Konstitutsiyaning 28, 54 va 55-moddalariga muvofiqligi masalasi körib çiqildi. Murojaatçilar Oliy sudning taftiş tartibida körilgan ma’muriy iş böyiça qabul qilingan qaror ustidan şikoyat qiliş imkoniyati yöqligini inson huquqlarini sud orqali himoya qiliş kafolatlari va aybsizlik prezumpsiyasiga zid deb hisoblagan.

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi boşliğining birinçi örinbosari Ye.V.Kolenko muhokama qilinayotgan masala yuzasidan sözga çiqib, Akademiya pozitsiyasini bayon qildi.

Sud majlisida boşqa davlat idoralari va ta’lim muassasalari vakillari hamda Konstitutsiyaviy sud huzuridagi Ilmiy-maslahat kengaşi a’zolari ham öz fikrlarini bildirdi.

Telegram Facebook