Darknet orqali sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş: raqamli dalillar böyiça ilmiy yeçimlar
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Darknet orqali sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş: raqamli dalillar böyiça ilmiy yeçimlar

Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi huzuridagi DSc.24/2026.31.01.Yu.01.02 raqamli ilmiy darajalar beruvçi Ilmiy kengaşda Musayev Ğayrat Farxadoviçning 12.00.09 – «Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi» ixtisosligi böyiça dissertatsiyasi himoya qilindi. Tadqiqot Internet tarmoğining yashirin segmenti (Darknet)dan foydalanib sodir etilgan jinoyatlarni tergov qiliş metodikasini takomillaştirişga bağişlangan.

Tadqiqotda raqamli kriminalistika sohasidagi ilmiy-metodik asoslarni rivojlantiriş, raqamli dalillarning yagona idoralararo reestrini taşkil etiş va raqamli dalillarning mustaqil maqomini jinoyat-protsessual qonunçilikda mustahkamlaş zarurati asoslangan. Şuningdek, elektron ma’lumotlarni olib qöyiş va körikdan ötkazişda mutaxassis iştirokini ta’minlaş taklif etilgan.

Tadqiqotning amaliy natijalari raqamli dalillar böyiça sud ekspertizasini ötkaziş va ularning yagona reestrini yuritişga oid hujjatlar loyihalari, katta hajmdagi ma’lumotlarni ekspertiza tadqiqotidan ötkaziş metodikasi hamda kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi jinoyatlarni tergov qiliş böyiça öquv-uslubiy qöllanmani qamrab oladi. Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlaş böyiça magistratura öquv moduli işlab çiqilib, ta’lim jarayoniga joriy etilgan.

Himoya natijalariga köra, Musayev Ğayrat Farxadoviçning dissertatsiya işi yuridik fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beriş uçun Ilmiy kengaş tomonidan tavsiya etildi.

Telegram Facebook