Akademik almaşinuv, qisqa muddatli stajirovkalar va qöşma ta’lim modullarini işlab çiqiş Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasi hamda Fransiya İçki işlar vazirligi huzuridagi Oliy tadqiqotlar instituti (IHEMI) vakillari iştirokidagi muzokaralarning amaliy yönalişlari böldi.
Uçraşuvda delegatsiya Akademiyaning asosiy faoliyat yönalişlari, ta’lim dasturlari va ilmiy-tadqiqot salohiyati, şuningdek, Özbekistonda amalga oşirilayotgan sud-huquq islohotlari bilan tanişdi. Kriminalistik poligonlar, kiberlaboratoriyalar va situatsion markazlar faoliyati misolida Akademiyaning amaliy imkoniyatlari namoyiş etildi.
Muzokaralarda huquqni muhofaza qiluvçi organlar uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaş, kasbiy ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar şu yönalişlarda qöşma ilmiy-amaliy loyihalar va taşabbuslarni amalga oşiriş imkoniyatlarini körib çiqdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça qöşma loyihalarni işlab çiqiş va amaliy aloqalarni mustahkamlaşga tayyor ekanliklarini bildirdi.