Özbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qiliş akademiyasida tuman (şahar) prokurorlari va ularga tenglaştirilgan prokurorlarning yordamçilari, şuningdek, viloyat prokuraturalari apparati xodimlari uçun taşkil etilgan malaka oşirish kursi yakunlandi.
Maşğulotlarni Boş prokuraturaning tegishli tarkibiy bölinmalarida faoliyat yurituvçi amaliyotçi prokurorlar va Akademiya professor-öqituvçilari olib bordilar.
Darslarda sudlarda dalillarni töplaş va baholaş, davlatga yetkazilgan zarar miqdorini asoslaş, prokurorning protsessual vakolatlaridan samarali foydalanish, da’vo talablarini asoslaş hamda sud muhokamasida öz pozitsiyasini dalillarga tayanib bayon etiş masalalari körib çiqildi. Şuningdek, zararni undirish haqidagi sud hujjatlari ijrosi ustidan prokuror nazoratini taşkil etiş va yuqori sud instansiyalarida sud hujjatlariga huquqiy baho berişning nazariy hamda amaliy jihatlari örganildi.
Sud jarayonini imitasiya qiliş maşğulotlarida tinglovçilar dalillarni taqdim etiş va tekşirish, protsessual pozitsiyani asoslaş hamda sud muzokaralarida nutq sözlaş böyiça amaliy könikmalarini mustahkamladilar.
Kurs yakunida komissiya tinglovçilarning özlaştirish darajasi, bilim va könikmalari, şuningdek, bajargan laboratoriya işlarini baholadi.