Akademiyada Özbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligiga bag‘işlangan ma’rifiy haftalik ötkazildi
ProAcademy
(71) 202-04-96
info@proacademy.uz
Zaif ko'ruvchilar uchun

Yangiliklar

“Et docere et discere servitute legis”

Akademiyada Özbekiston Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligiga bag‘işlangan ma’rifiy haftalik ötkazildi

Özbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Akademiyada ötkazilgan tadbirlar turkumi doirasida talabalar bayrog‘imizning mustaqillik tarixidagi örni va unga ehtirom nimada namoyon bölishi borasida fikr almaşdilar. Haftalik dasturidan «Ol bayrog‘ingni, qalbing uyğonsin!» şiori ostidagi ma’rifiy tadbirlar, talabalar çellenji hamda aholi örtasida ötkazilgan viktorina örin oldi.

Tadbirlar davomida Davlat bayroğining qabul qilinishi mustaqil Özbekiston tarixida qanday ahamiyat kasb etgani, uning ranglari va ramzlari nimani anglatişi haqida söz yuritildi. Bayroqning milliy özlikni anglaşdagi örniga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro maydonda Özbekiston bayroği ostida yurtimiz nomidan iştirok etiş katta mas’uliyat ekani ta’kidlandi.

Çellenj talabalarga Davlat bayrog‘iga bölgan ehtiromini va yurt taqdiriga daxldorlik hissini ifoda etiş imkonini berdi. Aholi örtasida ötkazilgan viktorina esa muloqotni Akademiya doirasidan taşqarida ham davom ettirişga xizmat qildi. Unda iştirokçiler bayroq tarixi, ranglari va ramzlari haqidagi bilimlarini sinab kördilar.

Haftalik yoşlarda Davlat bayrog‘i va milliy qadriyatlarga hurmatni, Vatanga muhabbat va yurt kelajagiga daxldorlik hissini mustahkamlashga qaratildi. Huquqni muhofaza qiliş sohasining bölajak mutaxassislari uçun bu muloqot Vatanga sadoqat, qonunga hurmat va jamiyat oldidagi kasbiy mas’uliyat haqida fikr yuritish uçun ham imkoniyat böldi.

Telegram Facebook