IHRTning Korrupsiyaga qarshi tarmog'i vakillari bilan uchrashuv

IHRTning Korrupsiyaga qarshi tarmog'i vakillari bilan uchrashuv

2019 yil 27 may kuni Bosh prokuratura Akademiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida mutaxassislarni tayyorlash va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida IHRTning Korrupsiyaga qarshi tarmog'i maslahatchisi A.Kuxaruk bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

A.Kuxaruk Akademiya bilan hamkorlikda “Korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish” kursi modulini ishlab chiqishda amaliy yordam ko'rsatish maqsadida jalb qilindi. Loyiha AQSH Davlat departamentining INL byurosi tomonidan moliyalashtiriladigan bevosita korruptsiyaviy ishlarni tergov qiluvchi tergovchilar, prokurorlar va sudyalar uchun “Korruptsiyaga qarshi IHRT loyihasi” doirasida amalga oshirilmoqda.

Yig'ilish ishtirokchilari joriy yilning iyun` oyida davlat mansabdor shaxslarining pora evaziga og'dirib olishning  aktiv va passiv shakllari, xususiy sektorda pora evaziga og'dirib olish, mansab mavqeini suiiste'mol qilish,  noqonuniy boyib ketish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, yuridik shaxslarning javobgaligi va boshqa masalalarni o'zida aks etgan “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik” treningini o'tkazishga kelishdilar.

Trening ta'limning aralash shaklida (blended learning) asoslangan bo'lib sirtqi (masofali mustaqil ta'lim, prezentatsiya, qo'shimcha ma'lumotlar va test masalalari) va kunduzgi (interaktiv ma'ruzalar, guruhdagi ishlar, sessiya-muhokama) sessiyalardan  iborat bo'ladi.

Tadbirlar xorijiy va milliy ekspertlarni jalb qilgan holda Akademiyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi xodimlari tomonidan o'tkazilishi rejalashtirilgan.