Akademiya tomonidan xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'quv qo'llanmasi tayyorlandi

Akademiya tomonidan xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha o'quv qo'llanmasi tayyorlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mutaxassislarni tayyorlovchi muassasalarning ilmiy-ta'lim salohiyatini oshirish maqsadida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan milliy, xorijiy va 
xalqaro hamkorlar bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi kurashishning turli jihatlari bo'yicha ixtisoslashgan adabiyotlar tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, Akademiya tomonidan O'zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi qoshidagi Sudyalar oliy maktabi bilan birgalikda «Xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashish: xalqaro standartlar va xorijiy davlatlarning huquqni qo'llash amaliyoti» mavzusidagi o'quv qo'llanma tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'quv-uslubiy muvofiqlashtiruvchi Kengashining 14.08.2020 yildagi 418-248-sonli qarori bilan uslubiy qo'llanma nashrga tavsiya etildi. 

Unda xususiy sektorda korrupsiyaga qarshi kurashishning bazaviy yondashuvlari, qayd etilgan sohada xalqaro standartlar talablari, shuningdek AQSH, Avstraliya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Avstriya, Frantsiya, Italiya, Germaniya, Turkiya, Chexiya, Serbiya, Chernogoriya, XXR va boshqa davlatlarning mazkur sohadagi katta tajribasi ko'rib chiqilgan.