Suv qonunchiligiga oid masalalar bo'yicha seminar

Suv qonunchiligiga oid masalalar bo'yicha seminar

Joriy yilning 11 iyul kuni Akademiyada xalqaro ekspertlar ishtirokida Vibe Douma (Niderlandiya), Tushe (Fransiya), Frits Kroys (Avstriya) ishtirokida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda suv to'g'risidagi qonunchilikka oid normativlarni tartibga solish, sanktsiyalar va suv qonunchiligiga doir boshqa masalalarning ta'sirini baholash sohasidagi ilg'or amaliyoti bo'yicha seminar o'tkazildi.

Seminarda O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Bosh prokuraturaning tarkibiy tarmoq vakillari, O'zbekiston Respublikasi suv xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi vakillari ishtirok etdilar.

Seminar doirasida suv qonunchiligini kodifikatsiya qilish, normativ tartibga solishning ta'sirini baholash, daryo havzalarini rejalashtirish va boshqarishni integratsiyalash, Yevropa Ittifoqi a'zo davlatlarining ilg'or tajribasi namunasida mintaqadagi umumiy resurslarni boshqarishda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilarning fikricha, sohadagi doimiy izlanish hamda xalqaro va milliy qonunchilikning qiyosiy tahlili jarayoni innovatsiyalar qo'llash va boshqaruv tizimidagi ilg'or tajribadan samarali foydalangan holda davom ettirilishi lozim.