2019 yilning 21 dekabr kuni Akademiyada O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o'rinbosari E.T.Yuldashevning Abu-Dabi Bosh prokurori Ali Muxammad al-Balushi bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda Akademiya hamda Bosh prokuraturaning Xalqaro-huquqiy boshqarmasi rahbarlari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining BAAga tashrifi yuzasidan tasdiqlangan 2019-2020-yillar mobaynida O'zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o'rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish bo'yicha “Yo'l xaritasi” doirasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar axborot texnologiyalarini joriy etish va har ikki mamlakat prokuraturasi kadrlari salohiyatini takomillashtirishga qaratilgan qo'shma tadbirlar orqali hamkorlikni yanada kuchaytirish rejalarini belgilab oldilar.
Mehmon O'zbekistonda qonun ustuvorligi va xuquq-tartibotni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar ko'lami va samaradorligini, shuningdek, saylovlarni adolatli va oshkora tarzda tashkil etish borasida ko'rilayotgan chora-tadbirlarni yuksak baholadi.