2020 yil 17 sentyabrda Bosh prokuratura Akademiyasi, AQSH Adliya vazirligi va AQSH Davlat departamenti vakillarining vataniga qaytarilgan terrorchi jangarilarni tergov qilish va jinoiy javobgarlikka tortishga bag'ishlangan o'quv kursini tayyorlash bo'yicha videokonferentsiya aloqa rejimida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Tadbirda Bosh prokuraturaning mas'ul tarkibiy tuzilmalari xodimlari, shuningdek, AQSH Adliya vazirligi va Davlat departamenti mutaxassislari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar o'quv modulini tayyorlash va bir qator treninglarni o'tkazishning tashkiliy va tarkibiy jihatlarini, shuningdek ushbu va boshqa masalalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.