Joriy yilning 3-4 oktyabr kunlari Kembrij universiteti professori Siddxart Saksena (Siddharth Saxena) Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida Bosh prokuratura Akademiyasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, unda ta'lim va ilmiy sohalarda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, professor Siddxart Saksena Akademiya magistrantlari uchun «Kembrij universitetida tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish» mavzusida ma'ruza qildi.
Ma'ruza davomida Kembrij universitetida akademik mobillik, ilmiy axborot va huquqiy ma'lumotlar bazalarini tahlil qilish, fan va amaliyot integratsiyasi, metodologiya va tadqiqot ishlarini tashkil etish masalalari yoritildi.
Akademiyaga tashrif doirasida Akademiya magistrlari va doktorantlari uchun professorning “Ilmiy tadqiqotlar asoslari” mavzusidagi videoroligi tayyorlandi.