Joriy yilning 8-10 oktyabr kunlari Filipp Jessop nomidagi xalqaro ommaviy huquqi bo'yicha xalqaro tanlovning milliy koordinatori S.Yusupov Bosh prokuratura Akademiyasiga tashrif buyurdi.
Ma'lumot uchun: F.Jessop nomidagi tanlov 700 ga yaqin huquq maktablari bilan bog'liq dunyodagi eng yirik musobaqadir. Tanlov - o'ylab topilgan nizoni BMT Xalqaro Sudida mamlakatlar o'rtasida simulyatsiya qilishni o'zida aks ettiradi. Huquqshunos talaba jamoalari gipotetik huquqiy nizo nuqtai nazaridan xalqaro huquqning dolzarb masalalarini hal qilish uchun ingliz tilida og'zaki va yozma arizalarni taqdim etish orqali bir-biri bilan raqobatlashadilar.
Tashrif davomida Akademiya rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, unda Akademiya jamoasining xalqaro musobaqada ishtirok etishi, shuningdek, tanlovni tashkil etish va o'tkazishda texnik yordam ko'rsatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tanlov Milliy koordinatorining Akademiya magistrlari bilan tanlovda ishtirok etish tarixi va shartlari, shuningdek, talabalar uchun xalqaro huquq sohasida noyob tajriba va bilim olish imkoniyatlari bilan tanishish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Tashrif yakunlari bo'yicha tomonlar jamoalarni yuqori darajada tayyorlash va tanlovni tashkil etish maqsadida hamkorlik qilish to'g'risida kelishib oldilar.