Norvegiya va Daniyaga tanishuv safari

Norvegiya va Daniyaga tanishuv safari

Joriy yilning 23-28 sentyabr kunlari Akademiya boshlig'ining birinchi o'rinbosari R.Gafurov Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha respublika idoralararo komissiyasi a'zolari, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va Biznes-ombudsman apparati xodimlaridan iborat delegatsiya tarkibida BMTTDning tinch va inklyuziv jamiyatlar uchun korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha global loyihasi (ACPIS) doirasida BMTTDning “O'zbekistonda samarali, hisobdor va shaffof boshqaruv institutlari orqali korruptsiyaga qarshi kurashish” loyihasi ko'magida tashkil etilgan Daniya va Norvegiyaga tanishuv safarida ishtirok etdi.

Tashrif doirasida delegatsiya Norvegiya va Daniyaning korruptsiyaga qarshi kurashish bo'yicha vakolatli organlari faoliyati, ularning siyosati va asosiy vazifalari, ushbu sohadagi idoralararo hamkorlik mexanizmlari, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan dasturlar bilan tanishdi.

Korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida olingan tajriba Transparency International tashkiloti tomonidan tuziladigan “Korrupsiyani qabul qilish indeksi” xalqaro reytingida O'zbekiston Respublikasining pozitsiyasini oshirishga, shuningdek, Akademiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish ilmiy-ta'lim markazi salohiyatini mustahkamlashga qaratiladi.

Tashrif yakunlari bo'yicha ishtirokchilar tomonidan Norvegiya va Daniyaning ilg'or tajribasini implementatsiya qilish bo'yicha taklif va tavsiyalar tayyorlandi.