2020 yilda Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Yevroosiyo guruhi tomonidan O'zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o'zaro baholashni o'tkazish rejalashtirilgan.
Baholash davomida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga etibor qaratiladi.
O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini faol ko'magida xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda Akademiya tomonidan O'zbekiston Respublikasini o'zaro baholash doirasida texnik muvofiqlikni baholash o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlariga bag'ishlangan davra suhbatlari o'tkazildi.
Tadbirlarda mavzuga aloqador 10 dan ortiq vazirlik va idoralarning vakillari – Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiya ekspert guruhi a'zolari ishtirok etdi.
Tadbirlar davomida baholash o'tkazishning o'ziga xos xususiyatlari, taqdim etilayotgan ma'lumotlarning to'liqligi va tuzilishi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan boshqa masalalar ko'rib chiqildi.
Mazkur yo'nalishdagi tadbirlarni kelgusida ham o'tkazish rejalashtirildi.