Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbir

Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkiloti GIZ bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi navbatdagi tadbir

2020 yilning 29 oktyabrida Bosh prokuratura Akademiyasida Germaniya Xalqaro hamkorlik tashkilotining GIZ “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” mintaqaviy dasturi doirasida onlayn rejimda “Ma'muriy organlar tomonidan ma'muriy nizolarni hal etish” mavzusida navbatdagi  vebinar o'tkazildi.

Tadbirda Bosh prokuratura Akademiyasining rahbariyati va professor-o'qituvchilari, Bosh prokuratura markaziy mahkamasi hamda quyi turuvchi prokuraturalar xodimlari, hamkor o'quv muassasalarining xodimlari ishtirok etdilar.

Vebinar ishida Xalqaro hamkorlik tashkilotining GIZ “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka ko'maklashish” mintaqaviy dasturi rahbari Yorg Pudel`ka, Gamburg shahar hokimiyati yuridik departamentining rahbari, Gamburg shahar hokimining maslahatchisi, “GIZ” eksperti Byorn Farries, mintaqaviy dasturning O'zbekistondagi milliy koordinatori S.Nazarov ishtirok etdilar.

B.Farries tomonidan “Ma'muriy ishlarni ko'rib chiquvchi ma'muriy organlar” hamda “Ma'muriy nizolarni hal etishda ma'muriy aktlarning tutgan o'rni (mazmuni, xususiyati, turlari)” mavzularida ma'ruza qilindi.

Tadbirda Germaniya qonunchiligining tegishli normalari milliy qonunchiligimizning qoidalari bilan taqqoslash orqali amaliyot misollari keltirish bilan birga tahlil etildi. Ekspert B.Farries tomonidan tadbir ishtirokchilarining bir qator savollariga javob berildi.

Tadbir ishtirokchilari kun tartibidagi masala bo'yicha o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tdilar.