Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish imtihoni o'tkazildi

Akademiya tayanch doktoranturasiga kirish imtihoni o'tkazildi

2020 yil 3 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida tayanch doktoranturada o'qishga talabgorlar uchun chet (ingliz) tilidan onlayn rejimda kirish imtihoni bo'lib o'tdi.

Imtihon O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 304-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risidagi Nizom talablariga to'liq amal qilingan holda o'tkazildi.

Kirish imtihoni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Akademiya professor-o'qituvchilaridan iborat komissiya tomonidan o'tkazildi.

Imtihon yakunida komissiya a'zolari xorijiy davlatlarning yurisprudentsiya sohasidagi ilg'or tajribasini chuqur o'rganish, tahlil qilish hamda uning natijalarini milliy qonunchilikni takomillashtirish jarayoni va huquqni qo'llash amaliyotiga joriy etish maqsadida xorijiy tillarni o'rganishning dolzarbligini alohida ta'kidlab o'tdilar.