Sud ekspertizasi sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish

Sud ekspertizasi sohasida o'zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi H.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.

Memorandum doirasida prokurorlar va sud-ekspertiza tashkilotlari xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish, o'quv jarayonida o'zaro texnik imkoniyatlardan samarali foydalanish, shuningdek, birgalikda ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va o'tkazishni ta'minlash bo'yicha hamkorlikning asosiy yo'nalishlari belgilab olindi.

Memorandum yuzasidan prokuratura va ekspertiza muassasasi xodimlari amaliy qobiliyatini oshirishga qaratilgan hamkorlikda o'quv filmlar tayyorlash, nazariy bilimlarini oshirishga qaratilgan o'quv, uslubiy qo'llanmalar chop ettirish hamda ushbu jarayonlarni o'z vaqtida bajarilishini ta'minlovchi “Yo'l xaritasi” ishlab chiqilishi belgilandi.

Tomonlar o'quv jarayoniga tajribali xodimlarni jalb qilish, sayyor mashg'ulotlarni tashkilotlar o'quv bazasida o'tkazish, masofali ta'lim imkoniyatlaridan foydalanilgan holda ta'lim sifatini oshirib borishni kelishib oldilar.