Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Moskva akademiyasi bilan hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Moskva akademiyasi bilan hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi

Joriy yilning 27 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi va Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasining Moskva akademiyasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Bitim imzolandi.

Ushbu hujjatda ta'lim, fan va huquqni muhofaza qilish sohasida huquq amaliyotini o'zaro bog'liqligini rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida ish tajribasi, uslubiy, statistik, tahliliy va boshqa ma'lumotlarni almashish orqali tomonlar o'rtasida o'zaro hamkorlikni amalga oshirilishi ko'zda tutilgan.

Imzolash marosimi Bosh prokuratura Akademiyasi tashkil etilganligining ikki yilligi munosabati bilan o'tkazilgan xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya doirasida 170 dan ziyod xorijiy va milliy ekspertlar, shuningdek 24 davlat va 10 ta xalqaro tashkilotning rahbarlari va vakolatli vakillari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Bitimning imzolanishi Rossiya Federatsiyasi Tergov qo'mitasi Raisining 2020 yilning mart oyida O'zbekistonga tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi bo'ldi.