Akademiya hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Akademiya hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 30 may kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi boshlig'i YE.V.Kolenko hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri o'rinbosari U.SH.Begimkulov o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Shuningdek, uchrashuvda Akademiya va vazirlikning mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuv o'quv jarayonini samarali tashkil etish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, seminar, konferensiya va boshqa tadbirlarni hamkorlikda tashkil etish yo'nalishlarida mustahkam hamkorlik munosabatlarini o'rnatish maqsadida tashkil etildi.

Vazirlik vakillari Akademiyaning ilg'or ta'lim va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, amaliyotga yo'naltirilgan kompetentsiyaviy yondashuv, interaktiv va muammoli metodlar asosida, o'qitishning masofaviy shakllarini joriy etgan holda o'quv jarayonini tashkil etish borasidagi tajribasi bilan yaqindan tanishdilar.

Bundan tashqari tomonlar Akademiya hamda Vazirlik tizimidagi oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Akademiya hamda Vazirlik o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar dasturi loyihasi muhokama qilinib, bu uchrashuvning amaliy ahamiyati va natijadorligini yanada oshirdi.

O'tkazilgan uchrashuv vazirlik va uning tizimidagi oliy ta'lim muassasalari bilan Akademiya o'rtasidagi doimiy aloqalarni yanada yuksak pog'onalarga olib chiqishga xizmat qiladi.