Akademiyada muntazam ravishda ta'lim jarayoni samardorligini oshirish maqsadida professor-o'qituvchilarning kasbiy mahoratini takomillashtirish va o'quv jarayoniga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy etishga qaratilgan seminarlar tashkil etib kelinmoqda.
Toshkent davlat pedagogika universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Andragogik ta'lim texnologiyalari va pedagogning kasbiy kompetentsiyalari” mavzusidagi navbatdagi vebinar Akademiyada 2020 yil 5 iyun kuni bo'lib o'tdi.
Vebinarni Toshkent davlat pedagogika universiteti dekani, pedagogika fanlari doktori M.T.Mirsolieva olib bordi.
Vebinar jarayonida kattalar ta'limining o'ziga xos xususiyatlari, maqsad va vazifalari, andragogik ta'lim texnologiyalari va modellari, tinglovchilar bilan ishlashda lozim bo'lgan kompetentsiyalar, pedagogning kasbiy kompetentliligi va uning tarkibiy qismlari, keys tuzish va undan o'quv jarayonida foydalanish qoidalari, shuningdek kattalar ta'limini samarali tashkil etishning boshqa jihatlari muhokama qilindi.
Interaktiv tarzda o'tkazilgan tadbir Akademiya professor-o'qituvchilarining andragogik ko'nikma va kompetentsiyalarini takomillashtirishga xizmat qildi.
Akademiya tomonidan mazkur mavzu doirasida yetakchi ekspertlarni jalb qilgan holda turkum seminarlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.