2020 yil 16 iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi tomonidan O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o'qitishning innovatsion metodikalarini rivojlantirish Respublika ilmiy-amaliy markazi (RIAIM) bilan hamkorlikda “Pandemiya sharoitida chet tillarini masofaviy o'qitish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy onlayn-konferentsiya tashkil etildi.
Tadbirda O'zbekiston nofilologik oliy ta'lim muassasalari ingliz tili o'qituvchilarining o'zaro tajriba almashish guruhi (UzTESPING) a'zolari, shuningdek Leychester universiteti, Varvik universiteti (Buyuk Britaniya), Dublin Siti universiteti (Irlandiya), Sinodal maktabi (Braziliya) hamda Toshkentdagi Vestminister xalqaro universiteti ekspertlari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar pandemiya sharoitida ingliz tilini o'qitishni tashkil etishning dolzarb masalalari, sohadagi tizimli muammolarni muhokama qilib, ularning yechimlariga oid fikr almashdilar.
Ishtirokchilar Bosh prokuratura Akademiyasida chet tillarini o'qitish borasidagi tajriba, ta'lim jarayonida qo'llanilayotgan zamonaviy metodikalar bilan tanishdilar.
Onlayn konferentsiya masofaviy ta'lim istiqbollariga hamda ta'lim sifatini ta'minlashninig ustuvor vazifalariga oid fikr va tajriba almashish uchun qulay imkoniyat bo'lib xizmat qildi.
Konferentsiya interaktiv va ishchan ruhda o'tkazilib, yakunlari bo'yicha ishtirokchilar tomonidan kelajakda muhokama qilinadigan muhim masalalar belgilab olindi, shuningdek UzTESPING doirasida aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklari bildirildi.