Joriy yilning 23 iyun kuni Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti organlarida tezkor-qidiruv faoliyatini takomillashtirishning dolzarb masalalari” mavzusiga bag'ishlangan onlayn davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va Davlat bojxona qo'mitasining tezkor bo'linmalari xodimlari, Bosh prokuratura, IIV va Davlat xavfsizlik xizmati akademiyalari, Bojxona institutining professor-o'qituvchilari va malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda jinoyatlarga qarshi kurashishda tezkor-qidiruv faoliyati imkoniyatlaridan foydalanishda yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularni hal qilish, tezkor-qidiruv faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish, tezkor bo'linmalar hamda surishtiruv va tergov organlari o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish masalalari ko'rib chiqildi.
Shuningdek, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish bo'yicha tezkor bo'linma xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga mo'ljallangan o'quv mashg'ulotlari samaradorligini oshirish borasida fikr almashildi.