Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha navbatdagi malaka oshirish kurslari

Bosh prokuratura Akademiyasida Adliya vazirligi ko'magida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalari bo'yicha notariuslar uchun masofaviy malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Mazkur kurs Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo'yicha idoralararo komissiyaning topshirig'i ijrosini ta'minlash doirasida tashkil etildi.

Kurs dasturi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining ustuvor masalalari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish xalqaro standartlari, mazkur sohada xavflarni milliy baholash, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq shubhali faoliyatni tahlil qilish masalalarini qamrab olgan.