2020 yil 7-21 iyul kunlari Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan Bosh prokuratura korrupsiyaga qarshi tadbirlarni muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi Farmoni bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurash tizimini takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan “O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish” mavzusida qator xalqaro veb-tadbirlar o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Tadbirlar doirasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari, xorijiy davlat organlari rahbarlari va xodimlari, shuningdek Oliy Majlis tegishli qo'mitalari mas'ul vakillari, davlat idoralari va huquqni muhofaza qilish organlari hamda ilmiy jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.
Muhokamalar yangi tashkil etilgan O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish, uning vazifa va funktsiyalariga bag'ishlanadi.
2020 yil 7 iyul kuni IHRT, YEXHT hamda BMT NJQB ko'magida Mazkur turkumdagi birinchi tadbir – “Korrupsiyaga qarshi yangi organ: profilaktik va nazorat modeli” mavzusidagi onlayn davra suhbati bo'lib o'tadi.
Tadbirlarda ishtirok etish, shuningdek, qo'shimcha ma'lumot olish uchun raqam: 71-202-04-96 (ichki 1736), e-mail: bi.ismailov@proacademy.uz.