Bosh prokuratura Akademiyasida O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish masalalariga oid navbatdagi xalqaro tadbir o'tkazilmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi «O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PF–6013-sonli Farmoni ijrosi doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan xalqaro hamkorlar ko'magida «O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish» mavzusida turkum tadbirlar o'tkazilmoqda.
2020 yil 15 iyul kuni Akademiyada «Davlat xizmatchilari aktivlarini deklaratsiyalashning zamonaviy mexanizmlari» mavzusida xalqaro onlayn veb-konferensiya o'tkaziladi. Tadbirda Bosh prokuratura rahbariyati va vakillari, IHTT, Jahon banki, BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi, BMT Taraqqiyot Dasturi, Yevropa Kengashi, Armeniya, Gruziya, Ukraina, Koreya Respublikasi, Ruminiya, Ukraina davlatlaridan xorijiy ekspertlar, shuningdek milliy ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.
Konferensiya doirasida O'zbekistonda davlat xizmatchilarining daromadlari, mol-mulki va manfaatlarini deklaratsiya qilish tizimini joriy etishning kontseptual asoslari, bu borada mavjud xorijiy davlatlar yondashuvi, ijobiy va muvaffaqiyatsiz tajribalar, deklaratsiya qilish tizimini joriy etish bosqichlari hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama etiladi.
Tadbirda ishtirok etish linki (ZOOM link: https:undp.zoom.us/j/91405182489).
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun raqam: 71-202-04-96 (ichki 1736), e-mail: bi.ismailov@proacademy.uz.