Ijro ishini yuritishda protsessual hujjatlar tuzishning yagona amaliyoti metodik jihatdan ta'minlandi

Ijro ishini yuritishda protsessual hujjatlar tuzishning yagona amaliyoti metodik jihatdan ta'minlandi

Prokuratura organlarida qonunchilikni takomillashtirish va yagona huquqni qo'llash amaliyotini shakllantirish bo'yicha ilmiy asoslangan xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish Bosh prokuratura Akademiyasining asosiy vazifalaridan biridir.

Mazkur vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Akademiya tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish faoliyati muntazam ravishda o'rganilib, davlat ijrochilari tomonidan qonun hujjatlarini amaliyotga tatbiq etishda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklar tahlil qilinib, sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan muayyan ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Xususan, Akademiya tomonidan ijro hujjatlariga qo'yiladigan barcha qonun talablariga muvofiq “Majburiy ijro byurosida foydalaniladigan protsessual hujjatlar namunalari” ishlab chiqildi.

Ushbu uslubiy qo'llanma Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari, shuningdek boshqa vakolatli xodimlari tomonidan protsessual hujjatlar rasmiylashtirishda yagona amaliyotni ta'minlashga, shuningdek hujjatlar bilan ishlashda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda belgilangan standartlar asosida ish yurituvni yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Uslubiy qo'llanma Byuro hayatining qarori bilan tasdiqlanib, faoliyatda qo'llanish uchun barcha davlat ijrochilariga yuborildi.