2019 yilda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan Niderlandiyaning “Elsevier” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Digital Commons” platformasi negizida respublika oliy ta'lim muassasalari 41 ta ilmiy jurnallarining Uzbekistan Research Online raqamli platformasi (https://uzjoumals.edu.uz/) tashkil etilgan.
Platformaga kiritilgan ilmiy jurnallarda, shu jumladan Bosh prokuratura Akademiyasining ProAcademy (https://uzjournals.edu.uz/proacademy/) jurnalida maqolalar qabul qilish xalqaro standartlarga moslashtirilgan bo'lib, ikki bosqichli anonim taqrizdan (double-blind peer review) o'tkazilishi ta'minlangan. Bugungi kun holatiga ko'ra, mazkur jurnallarda 4600 dan ziyod ilmiy maqolalar nashr etilgan bo'lib, materiallar dunyoning 108 ta mamlakatlarida 59000 marotabadan ortiq yuklab olingan.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyuldagi 283/7.1-son karoriga asosan, mazkur 41 ta ilmiy jurnallarda nashr etilgan maqolalar xorijiy ilmiy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga tenglashtirildi.