Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasi amaliyotchilarining salohiyatini oshirish – davr talabi

Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish sohasi amaliyotchilarining salohiyatini oshirish – davr talabi

Davlat va shaxs faoliyatining barcha sohalarini axborot va telekommunikatsiya tizimlari tobora qamrab olayotgan axborot jamiyatining tezkor rivojlanish davrida yuqori texnologiyalarni qo'llagan holda jinoyatlar sodir etishning yangi usullari rivojlanib bormoqda.

Kiberxavfsizlik sohasida o'sib borayotgan tahdidlarga javoban YEXHTning O'zbekistondagi loyihalar koordinatori ofisi ko'magida Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar (kiberjinoyatlar): turlari, kvalifikatsiyasi va tergov harakatlarini o'tkazish strategiyasi” o'quv qo'llanmasi tayyorlandi.

Mazkur qo'llanma prokuratura va boshqa vakolatli organlar xodimlarining milliy va transmilliy darajada kiberjinoyatlarni tergov qilish borasida bilim va amaliy ko'nikmalar majmuini shakllantirishga yo'naltirilgan.

O'quv qo'llanmada kiberjinoyatlarning jinoyat-huquqiy tavsifi ochib berilishi bilan bir qatorda tergov harakatlarini o'tkazishning taktik masalalari, raqamli kriminalistikaning amaliy jihatlari yoritib berilgan, shuningdek kiberjinoyatlarni tergov qilishda xalqaro hamkorlikning asosiy mexanizmlari ko'rib chiqilgan.