Akademik mobillikni rivojlantirish va kredit-modul tizimini joriy etish doirasida Akademiyada Lund universiteti (Shvetsiya) professorlari Mans Svensson va Rustam Urinbaev tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mutaxassisligi bo'yicha magistratura bosqichi talabalari uchun “Huquq, jamiyat va korrupsiya” kursi boshlandi.
Kurs tinglovchilarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida ilmiy va huquqiy polemika, korruptsiyani o'rganishning nazariy, metodologik va axloqiy masalalari, shuningdek korrupsiyaning ijtimoiy va huquqiy islohotlarni amalga oshirish jarayoniga ta'siri nuqtai nazaridan global indikatorlarni qo'llash borasidagi bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan.
Kursni muvaffaqiyatli yakunlashning asosiy mezoni tinglovchilar tomonidan sakkizta kredit – an'anaviy o'quv ishi hajmi shartli birligini o'zlashtirishdir.
Kurs yakunida tinglovchilar korrupsiyaning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ijtimoiy-huquqiy va fanlararo nuqtai nazardan korruptsiyaga qarshi kurashish strategiyasini ishlab chiqish bo'yicha o'zlashtirgan ko'nikmalarini namoyon etishlari lozim.