“Jahon yetakchi amaliyotlari asosida kadrlar zahirasini shakllantirish tizimi” nomli monografiya tayyorlandi

“Jahon yetakchi amaliyotlari asosida kadrlar zahirasini shakllantirish tizimi” nomli monografiya tayyorlandi

Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan “Jahon yetakchi amaliyotlari asosida davlat xizmati kadrlar zahirasini shakllantirish tizimi” nomli monografiya tayyorlandi.

Monografiyada hozirgi zamonda eng dolzarb bo'lib turgan muammolardan biri – davlat xizmati hamda prokuratura organlari tizimida kadrlar zahirasini shakllantirish masalasi ilmiy tadqiqot natijalari asosida tizimli yoritilgan.

Muammoga innovatsion metod – boshqaruv bo'yicha jahon yetakchi amaliyotlarini benchmarking metodi asosida o'rganish orqali yondashilgan. Benchmarkingga asoslanib prokuratura tizimida rahbarlar ega bo'lishi kerak bo'lgan kompetensiyalar aniqlangan va ularni shakllantirish dasturi ishlab chiqilgan.

Davlat xizmati tizimida faoliyat ko'rsatadigan rahbarlar kompetensiyalarini shakllantirishda uch bosqich: psixodiagnostika, o'qitish va psixologik hamrohlik bosqichlari qamrab olingan Model taklif qilingan.

Monografiyada yoritilgan ilmiy natijalarning ilmiy asoslanganligi va amaliyotga yo'naltirilganligi ilmiy tadqiqotning davlat xizmati tizimida kadrlar zahirasi bilan ishlashda o'ta muhim amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi.