2020 yil 18 noyabr kuni Bosh prokuratura Akademiyasida Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 29-yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Akademiya professor-o'qituvchilari va magistratura tinglovchilari, shuningdek ilmiy va ta'lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar.
Taklif etilgan ma'ruzachilar tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat ramzlari shakllanishining tarixi va ularning jamiyat hayotining ma'naviy-axloqiy asoslarini shakllantirishdagi o'rni, jamiyatimizning har bir a'zosi hayotida bayrog'imizning tutgan o'rni va ahamiyati yoritib berildi.
Yangi O'zbekiston o'zining yangi dunyoqarashida davlatchiligimiz va madaniyatimizning buyuk tarixiga bo'lgan hurmat va ehtiromga, o'zbek xalqining intellektual boyligi va iqtidoriga, bilim va ma'rifatga intilish, barqaror yangilik, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yangilash tamoyillariga asoslanadi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan ushbu kun mamlakatimiz miqyosida nishonlanadigan eng yirik tadbirlardan biri ekanligi, bayrog'imiz biz uchun muqaddas va ardoqli hisoblanishi, u istiqlolimizning yorqin ifodasi ekanligi alohida ta'kidlandi.
Akademiya o'qituvchilari va magistrlari tomonidan tayyorlangan tadbirning ijodiy qismi ishtirokchilarda katta qiziqish uyg'otdi.