ILMIY SALOHIYATNI IZCHIL YUKSALTIRISH

ILMIY SALOHIYATNI IZCHIL YUKSALTIRISH

O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash majlisida Akademiya katta o'qituvchisi D.Dovudovaning “12.00.09 – Jinoyat protsessi, kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi” ixtisosligi bo'yicha “Birinchi instantsiya sudlarida jinoyat ishlarini yuritishda prokuror vakolatlarini takomillashtirish masalalari” mavzusidagi yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi bo'lib o'tdi.

D.Dovudova tomonidan birinchi instantsiya sudlarida jinoyat ishlarini yuritishda prokuror vakolatini nazariy-huquqiy asoslari, tadrijiy rivojlanishini va amaliyotdagi muammolarni bartaraf qilish yuzasidan tahlil qilish natijasida tadqiqot ishi doirasida nazariy, amaliy-tashkiliy va qonunchilikni takomilashtirishga qaratilgan taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqildi.

Ilmiy Kengash ishtirokchilari tomonidan mazkur ilmiy ish bir ovozdan ijobiy deb baholanib, Dovudova Dilzoda Sulaymonovnaning dissertatsiyasi tugallangan deb hisoblanib, yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga hujjatlarni taqdim etish yuzasidan qaror qabul qilindi.

Akademiya jamoasi D.Dovudovani dissertatsiyani muvaffaqiyatli himoya qilganligi bilan tabriklaydi va kelgusidagi ilmiy va kasbiy faoliyatida ulkan zafarlar tilaydi!