Bosh prokuratura Akademiyasida magistratura tinglovchilari orasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan o'tkazilayotgan turkum tadbirlar doirasida tanlov bo'lib o'tdi.
Tanlovdan ko'zlangan maqsad kadrlarni mamlakatning Asosiy qomusini hurmat qilish ruhida tarbiyalash va ularning konstitutsiyaviy huquq sohasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash hisoblanadi.
Xolislikni ta'minlash maqsadida tanlov ishtirokchilarini baholash maqsadida tuzilgan hakamlar hay'ati tarkibi tanlovning ayni boshlanishidan oldin e'lon qilindi.
Guruh ishtirokchilari “tanishtirish”, “dunyo mamlakatlari konstitutsiyalari haqida improvizatsion chiqish”, “anagramma va diqqat mashq”, “blits savol va keys” hamda “pantomimo” kabi donolikni hamda alohida yondashuvni talab qiluvchi shartlarga ijodiy yondashdilar.
Tanlov yakuni bo'yicha g'oliblarga maxsus esdalik sovg'alari va sertifikatlar topshirildi.
Tadbir ishtirokchilari tadbirning yuqori saviyada o'tkazilganligini, undagi tematik vazifalar, musobaqalarni tashkil etish, baholash va ularda ishtirok etish qo'shimcha tajriba orttirishga hamda ishtirokchilarning ijodiy salohiyati va ko'nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Akademiyaning magistratura bitiruvchilari assotsiatsiyasi a'zolarini jalb qilgan holda har yili ushbu tanlovni o'tkazish tashabbusi ham bir ovozdan qo'llab-quvvatlandi.