Kriminalistika va sud ekspertizasi sohasida malaka oshirish

Kriminalistika va sud ekspertizasi sohasida malaka oshirish

Bosh prokuratura Akademiyasida 2020 yilning 17 noyabrida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar, Harbiy va Transport prokuraturalari prokuror-kriminalistlari uchun tashkil etilgan “Kriminalistika va sud ekspertizasi” mavzusidagi masofaviy malaka oshirish kursi nihoyasiga yetdi.

Kurs dasturi kriminalistik texnika, sud fotografiyasi va video tasvir yozuvi, kriminalistik trasologiya va ballistika, hujjatlar qo'lyozma matnlarini kriminalistik usulda tekshirish, hujjatlarni kriminalistik texnik usulda tekshirish kabi mavzularni qamrab olgan.

O'quv mashg'ulotlari davomida shuningdek odamlarni tashqi qiyofa belgilari asosida identifikatsiya qilish, kriminalistik taktika va tergovni rejalashtirish, ekspertiza tergov harakati, ekspertiza tekshiruvi uchun namunalar olish va boshqa bir qator muhim masalalar bo'yicha tinglovchilar bilim va ko'nikmalarini oshirishga e'tibor qaratildi.

Masofaviy malaka oshirish kursi doirasida “Kriminalistika va sud ekspertizasi” mavzusida sinxron rejimda o'quv mashg'uloti tashkil etilib, amaliyotda yuzaga keladigan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.