Bosh prokuratura Akademiyasi boshlig'i o'rinbosari BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan Uyushgan jinoyatchilikka qarshi namunaviy qonunchilik qoidalarining (2-nashr) yangilangan loyihasini tayyorlash bo'yicha ekspert guruhi ishida ishtirok etdi.
BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi Shartnomalar bo'limi Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish sektori homiyligida o'tkazilgan to'rt kunlik virtual uchrashuvda jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov, jinoiy odil sudlov, tezkor-qidiruv faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid boshqa masalalar bo'yicha turli huquq tizimlari va an'analarni aks ettiruvchi jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasi bo'yicha ixtisoslashgan yetakchi ilmiy va ta'lim muassasalari hamda turli mamlakatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarining 30 nafardan ortiq ekspertlarni birlashtirdi.
Ekspertlar birinchi nashri 2012 yilda chop etilgan hamda BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi konvensiyasi (Palermo konvensiyasi) ishtirokchilari bo'lgan mamlakatlarga uning implementatsiyasida yordam ko'rsatishni nazarda tutgan Uyushgan jinoyatchilikka qarshi namunaviy qonunchilik qoidalarining yangilangan tahriri loyihasining qoidalarini muhokama qilishdi.
Xususan, Konvensiyaning umumiy qoidalari, atamalar ta'riflari, yurisdiksiya masalalari, Konvensiya doirasida qamrab olingan alohida jinoyatlar tarkibi, tergov va xalqaro hamkorlik choralari, muvofiqlashtirish va jinoyatlarning oldini olish, jabrlanuvchilar va guvohlarni himoya qilish, shuningdek sudlanganlarni ko'chirish kabi masalalar ko'rib chiqildi.
Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish Sektorining dastur menejeri doktor Riikka Puttonen ekspertlarga hamkorlikdagi faoliyat uchun minnatdorchilik bildirdi. Ekspert guruhi to'ldirilgan versiya loyihasi ustida ishlashni masofadan turib davom ettiradi.