Sudyalar oliy maktabi doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

Sudyalar oliy maktabi doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi

2020 yil 18 dekabr kuni Sudyalar oliy maktabida “Oliy ta'limdan keyingi ta'lim institutida o'qish va dissertatsiyaga qo'yiladigan talablar” mavzusida Sudyalar oliy maktabi rahbariyati, kafedra mudirlari va o'qituvchilari, ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish bo'limi xodimlari, shuningdek tayanch doktorantura va doktoranturada o'qish uchun qabul qilingan doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilar ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi eksperti, Bosh prokuratura Akademiyasi Huquqiy muammolarni ilmiy-amaliy va innovatsion tadqiq qilish hamda ilmiy xodimlarni tayyorlash markazi boshlig'i yu.f.d., professor M.Mamasiddiqov ishtirok etib, ilmiy maqolalarni tayyorlash bo'yicha talablar, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tartibi va shartlari haqida tushuntirishlar berdi.

Sudyalar oliy maktabi rahbariyati va professor-o'qituvchilari tomonidan Oliy maktabda tashkil etilgan doktorantura va unda o'qishga oid ichki tartib-qoidalar borasida doktorantlar xabardor qilindi.

Shu kabi tadbirlar tizimli tarzda o'tkazilishi ilmiy-tadqiqot faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ishtirokchilar tomonidan ta'kidlandi.