Ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyat

Ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi faoliyat

Bosh prokuratura Akademiyasi Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.

Tasdiqlangan kun tartibiga ko'ra, Akademiya tomonidan yetakchi tashkilot sifatida yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyalar muhokamasi bo'lib o'tdi.

Jumladan, unda yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olish uchun yozilgan O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi G'.Qarshievning 
“12.00.08 – Jinoyat huquqi. Kriminologiya. Jinoyat-ijroiya huquqi” ixtisosligi bo'yicha “Yoshlar retsidiv jinoyatchiligining kriminologik tavsifi va profilaktikasi” hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti SH.Hamdamovaning “12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma'muriy huquq. Moliyaviy va bojxona huquqi” ixtisosligi bo'yicha “Mahalliy davlat hokimiyati tizimini tashkil etishda hokimiyatlar bo'linish printsipini qo'llash” mavzusidagi dissertatsiyalari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, majlisda Bosh prokuratura Akademiyasi 1 va 2-bosqich tayanch doktorantlarining 2020 yildagi ilmiy faoliyati monitoringi natijalari bo'yicha hisobotlar eshitildi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzusi va ilmiy rahbarini o'zgartirish haqida tegishli qaror qabul qilindi.