Bosh prokuratura Akademiyasida “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalari” mavzusiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Oliy sud, Bosh prokuratura, DXX, Adliya vazirligi, IIV, Moliya vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Davlat soliq va bojxona qo‘mitalari, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Markaziy bank hamda Kapital bozorini rivojlantirish agentligining mas'ul xodimlari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimini o‘zaro baholash doirasida olib borilayotgan tayyorgarlik tadbirlari, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiya tomonidan qo‘yilgan vazifalar ijrosi, kripto-aktivlar bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etish, parallel moliyaviy tergovni amalga oshirish va boshqa masalalar muhokama qilindi.