Bosh prokuratura Akademiyasi Jinoyatlarning sodir etilishi sabablarini tizimli tahlil qilish va o‘rganish markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 31 oktyabrdagi “Jinoiy-huquqiy statistika tizimini tubdan takomillashtirish va jinoyatlarni tizimli tahlil qilish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5566-son Farmonida belgilangan ekspert-tahlil guruhlar faoliyatini o‘rganish maqsadida Andijon viloyatiga safar amalga oshirildi.
Joylarda amalga oshirilgan ishlar davomida Akademiya tumanlar va Andijon shahar ekspert-tahlil guruhlari vakillari bilan birgalikda kriminogenvaziyat o‘rganildi va hududdagi jinoyatchilik tahlili metodikasi muhokama qilindi. Badanga og‘ir tan jarohati yetkazish, bosqinchilik va firibgarlik singari alohida jinoyat turlarining o‘sib borish sabablari tahlil qilindi.
O‘rganishlar natijasida muammoli masalalar belgilab olindi va ekspert-tahlil guruhlari faoliyatining birinchi darajali yo‘nalishlari muhokama qilinib, ular faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha metodik va amaliy tavsiyalar berildi.