Bosh prokuratura Akademiyasi tomonidan prokuratura va ichki ishlar organlari hududiy organlari tergovchilari ishtirokida “Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish masalalari” mavzusida malaka oshirish kursi o‘tkazildi.
Qisqa muddatli kurs Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi hayatining kengaytirilgan yig‘ilishi davomida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida tashkil etildi.
Ma‘ruzachilar sifatida o‘quv kursiga kiberjinoyatlarni tergov qilish sohasida ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan Buyuk Britaniyalik xalqaro ekspert J.Bleyk, shuningdek IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi Мilliy agentligi, “Kiberxavfsizlik markazi” DUK hamda Bosh prokuratura Akademiyasi mutaxassislaridan iborat milliy ekspertlar jalb qilindi.
Kurs dasturi kiberjinoyatchilikning asosiy turlari va ularning malakasi, tergov harakatlarini o‘tkazish taktikasi, elektron dalillarni qidirish va olib qo‘yish, kripto-aktivlarni aniqlash va olib qo‘yish, ochiq manbalardan ma‘lumotlarni qidirish (OSINT), TOR brauzeridan foydalanish va “Darkweb” internetga kirish, kiberjinoyatlarni tergov qilishda xalqaro hamkorlik kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga olgan.
Ishtirokchilar seminar davomida olgan bilimlarini amaliy vazifalarni hal qilishda qo‘llab, ko‘rib chiqilayotgan mavzular bo‘yicha fikr almashdilar.
Kursning amaliy ahamiyati kiberjinoyatlarga tezkor javob berish va tergov qilishning barcha jihatlarini – jinoyat sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishni rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirishdan, raqamli dalillarni saqlash, shu jumladan ma‘lumotlarni saqlash bo‘yicha so‘rov yuborish (Facebook, Instagram) va o‘zaro huquqiy yordam ko‘rsatish kabilarni qamrab olganidan iborat.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga kursni muvaffaqiyatli yakunlaganlik haqida sertifikatlar topshirildi.