Bosh prokuratura Akademiyasida “Ilmiy tadqiqotni tayyorlashda manbalardan foydalanish masalalari” mavzusida ilmiy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Bosh prokuratura Akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabining doktorantlari va mustaqil izlanuvchilari onlayn tartibida ishtirok etdi. Seminarda Akademiya boshlig‘i o‘rinbosari, yu.f.d., prof. M.Mamasiddiqov va Akademiya kafedra boshlig‘i, yu.f.f.d., dotsent X.Karimov maruza qildi.
Ilmiy seminar ochiq muloqot va savol-javob tarzida olib borildi. Doktorant va mustaqil izlanuvchilar tomonidan dissertatsiya ishi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish, tadqiqot natijalarini asoslashda statistik ma‘lumotlardan foydalanish, dissertatsiyaga havola etilayotgan manbalarni rasmiylashtirish hamda boshqa dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha savollar berildi.
Akademiya professor-o‘qituvchilari tomonidan dissertatsiya yuzasidan ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, statistik ma'lumotlar va sud amaliyoti materiallaridan foydalanishning muhimligi, ularning dissertatsiya natijalarini asoslash bilan bog‘liq bo‘lishi va albatta ishonchli manbalarga tayanishi lozimligi ta'kidlandi.
Tadbir bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar bu kabi turkum ilmiy seminarlar hamkor idoralar va ta‘lim muassasalarining tadqiqotchilari ishtirokida olib borilishini qo‘llab-quvvatladilar.