“Farg‘ona vodiysida yoshlar ijtimoiy uyg‘unlik uchun” qo‘shma loyihasini amalga oshirish doirasida Bosh prokuratura Akademiyasi vakillari va BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi bilan xalqaro ekspertlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar huquqbuzarliklar profilaktikasi bilan bog‘liq faoliyat bilan shug‘ullanuvchi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va jamoatchilik o‘rtasida xodimlarning professional darajasini kuchaytirish bo‘yicha mustahkam va samarali hamkorlik o‘rnatish istagini bildirdilar.
Xorijiy ekspertlar Sergey Sidorov va Tinatin Bejanashvili o‘zlarining boshqa xorijiy mamlakatlardagi ish tajribalari bilan tanishtirdilar. Ular tomonidan xavfsizlik umumiy darajasini ko‘tarish va hududlarda qulay muhitda yashash yuzasidan qator takliflar ilgari surildi, Farg‘ona vodiysining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi, kelgusida loyihani amalga oshirish bo‘yicha navbatdagi vazifalar belgilab olindi.